O‘zbekiston Futbol federatsiyasi Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilganini ma’lum qildi.

«Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi. Milliy terma jamoanning keyingi taqdiri haqidagi yangi ma’lumot navbatdagi bayonot orqali ommaga e’lon qilinadi», — deyiladi ma’lumotda.

Federatsiya jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Eron va Koreya terma jamoalarini tabrikladi va ularga keyingi o‘yinlarda omad tiladi.

«Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi jahon chempionati saralashi davomida to‘xtovsiz ravishda qo‘llab-quvvatlaganligi va milliy terma jamoaga doimiy ravishda dalda berib turganligi uchun milliy terma jamoamiz muxlislariga cheksiz minnatdorchilik izhor qiladi», — ta’kidlanadi xabarda.