O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 3, 17, 21-bandlariga asosan va qurilish sohasidagi me’yoriy bazasini yanada takomillashtirish maqsadida bir qator qurilish me’yor va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 3 iyuldagi buyrug‘i bilan SHNQ 2.08.01−05 «Turar joy binolari» me’yoriy hujjatiga o‘zgartirishlar kiritildi, deya xabar qilindi Toshkent IIBB saytida.

9.33-bandiga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, har bir xonadonda qattiq yonilg‘ida ishlaydigan isitish qozonini qo‘llash 2-qavatgacha, gazda ishlaydiganlariga esa 9-qavatgacha (avvallari 5-qavatgacha edi) ruxsat etildi.

Yangilangan 9.9-bandiga muvofiq, yotoqxonalarga nafaqat elektr plitalar, balki qattiq yonilg‘ida isituvchi plitalar (ikki qavatgacha bo‘lgan binolar shu jumladan), shuningdek gazli (10-qavatgacha shu jumladan) o‘rnatishga ijozat berildi.