5 sentyabr kuni Ostonadagi «EKSPO-2017» ko‘rgazma majmuasida O‘zbekiston Milliy kuni o‘tkazildi. «Gazeta.uz» muxbiri ushbu kunning asosiy hodisalarini tasvirlarga muhrladi.

Milliy kun parad bilan boshlandi. O‘zbekiston delegatsiyasi milliy musiqa sadolari ostida pavilonlar bo‘ylab piyoda yurib o‘tdi. Ushbu yurish ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarda ham qiziqish uyg‘otib, guruh-guruh bo‘lib parad ortidan O‘zbekiston paviloniga qadar borishdi.

Marosimning rasmiy qismi yakunlangach, o‘zbek milliy estrada vakillarining konsert dasturlari namoyish etildi.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston paviloni «EKSPO-2017"ning mehmonlar eng ko‘p tashrif buyurgan birinchi o‘ntaligidan joy oldi. Bu yerda tashrif buyuruvchilar mamlakatning ilmiy-ishlab chiqarish salohiyati, energetika sohasi, mustaqillik yillarida erishgan muvaffaqiyatlari va amalga oshirgan dasturlari bilan tanishishlari mumkin.

Jumladan, O‘zbekiston bir qator futuristik ishlanmalar — ikki qavatli avtonom ekokapsula, quyosh energiyasida harakatlanuvchi elektromobil, gidroliz qurilmasi o‘rnatilgan Matiz gibrid avtomobili va boshqalar namoyish etildi.

Video

Foto