6 sentyabrdan o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi «Do‘stlik» / «Dostuk» nazorat-o‘tkazish punkti faoliyati kunu tun rejimida o‘z faoliyatini qaytadan tikladi, deya xabar qildi. Qirg‘iziston hukumati sayti. Ushbu punkt orqali chegarani soddalashtirilgan tartibda kesib o‘tish mumkin.

Ochilish marosimida ishtirok etgan Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Duyshenbek Zilaliyev punktning ochilishini ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun kuchli rag‘bat bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Foto: kabar.kg.

2010 yildan buyon O‘zbekistonning Andijon viloyati va Qirg‘izistonning O‘sh viloyati o‘rtasidagi punkt kunning cheklangan qismida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Chegaralarni kesib o‘tish uchun taklifnoma yoki telefonogramma singari qator hujjatlar talab qilinar edi. Endilikda ikki respublika fuqarolari chegaralarni hech qanday qo‘shimcha hujjatlarsiz soddalashtirilgan tartibda kesib o‘tishlari mumkin.

Chegaralarni ochish to‘g‘risidagi qaror 5−6 sentyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti SHAvkat Mirziyoyevning Bishkekka davlat tashrifi doirasida qabul qilingan edi.

Marosimda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, O‘sh meri Aytmamat Kadirbayev hamda ikki davlatning boshqa rasmiy mutasaddilari ishtirok etdi. Hodisani nishonlash uchun har ikki tomondan ko‘p sonli fuqarolar ham tashrif buyurdi.