Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan durang o‘ynab, 2018 yilgi jahon chempionatida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Osiyo saralash bosqichining 5 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvida 0:0 hisob bilan yakunlandi.

Samvel Babayan shogirdlari «A» guruhida hech bo‘lmasa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishi va kurashni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim edi. Bir vaqtda bo‘lib o‘tgan boshqa uchrashuvda Suriya Eron bilan kechgan mehmondagi o‘yinda qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada gol urib, hisobni 2:2 ga keltirdi.

Suriya jamoasi O‘zbekiston bilan bir xil (13 baldan) ochko to‘plab, gollar nisbatiga ko‘ra uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Shuningdek, uning hisobida yana bir o‘yin bor. «A» guruhida Eron (22) va Janubiy Koreya (15) to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘l oldi.