Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘zbegim milliy qadriyatlar festivali o‘tkaziladigan 8 sentyabr kuni transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ko‘chalar ro‘yxati

A.Temur — Shaxrisabz ko‘chasidan Navoiy ko‘chasiga qadar;

Shevchenko — Shahrisabz ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasiga qadar;

Islom Karimov — Sharof Rashidov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasiga qadar;

Matbuotchilar — Sharof Rashidov ko‘chasidan Zarafshon ko‘chasiga qadar;

Buyuk Turon — Navoiy ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasiga qadar;

Zarafshon — Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasiga qadar;

Oloy — Shahrisabz ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasiga qadar;

Mustaqillik — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyoboniga qadar;

Maxtumquli — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasiga qadar;

Istiqbol — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyoboniga qadar.

Shuningdek, tadbir o‘tkaziladigan vaqtda sharoit taqazo etsa, yuqorida ko‘rsatilgan ko‘chalarga yondosh boshqa ko‘chalarda ham transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.