«Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi Moskvadan Navoiy va Urganchga reyslarni qayta tiklashi to‘g‘risida xabar qildi.

«Moskva-Navoiy-Moskva» yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 21 sentyabrdan juma kunlari yo‘lga qo‘yiladi. «Moskva-Urganch-Moskva» reysi esa 20 sentyabrdan chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

13 sentyabrdan «Uralskiye avialinii» Sankt-Peterburgdan («Pulkovo», chorshanba kunlari), 16 sentyabrdan esa Yekaterinburgdan («Kolsovo», shanba kunlari) Namanganga parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.