GM Uzbekistan QK avtomobillar chakana narxlarining so‘m devalvatsiyasigacha, ya’ni O‘zbekiston Prezidentining «Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar» to‘g‘risidagi farmoni qabul qilingan sanada (2 sentyabr) amalda bo‘lgan darajada saqlab qolinishi to‘g‘risida xabar qildi.

Farmonga muvofiq, 5 sentyabrdan boshlab GM Uzbekistan ishlab chiqargan avtomobillar chakana narxlari faqatgina milliy valyutada belgilanadi. Unga qadar esa narxlar so‘mda belgilangan, biroq Markaziy bank belgilagan dollar kursiga bog‘liq ravishda har hafta o‘zgarar edi.

Avtoishlabchiqaruvchi xabariga ko‘ra, 5 sentyabrgacha tuzilgan shartnomalar asosida avtomobillarga to‘lov qabul qilish va ularni yetkazib berish ushbu shartnomlarda ko‘rsatilgan shartlar, narxlar va muddatlar asosida amalga oshiriladi.