Dzyudochi Diyorbek O‘rozboyev 29 avgustdan 3 sentyabrgacha Budapeshtda (Vengriya) o‘tkazilgan jahon chempionati bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi. Musobaqa 126 davlatdan 728 sportchi ishtirok etdi.

60 kg gacha vazn toifasida Diyorbek O‘rozboyev yarim finalda ozarbayjonlik Orxam Safarov bilan bellashib, imkoniyatni boy berdi.

Shohsupada: Orxan Safarov, Naoxisa Takato, Ganbat Boldbaatar, Diyorbek O‘rozboyev.

Bronza medali uchun bahsda Diyorbek O‘rozboyev boshqa o‘zbekistonlik sportchi Muhriddin Tilovovga qarshi tatamiga chiqdi.

Bu o‘zbekistonlik raqiblar o‘rtasidagi ilk yakkama-yakka jang bo‘ldi. Jangning uchinchi daqiqasida Diyorbek O‘rozboyev «vaza-ari» usulini qo‘llab, yakkalik g‘olibiga aylandi (video).