Yanvardan ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Abdusalom Azizov O‘zbekiston mudofaa vaziri bo‘ldi, deb xabar qilindi Mudofaa vazirligidan «Gazeta.uz"ga.

Avvalgi mudofaa vaziri Qobul Berdiyev O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasiga rahbar bo‘ldi, deya qayd etildi vazirlikda.

Avval xabar qilganimizdek, 2012 yildan Xorazm viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Po‘lat Bobojonov IIVga rahbar etib tayinlandi.