Diniy-ekstremistik oqimlarga mansub deb hisoblangan 17 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarolarining 16 ming nafariga yaqini «odatiy hayotga qaytdi», deb xabar qildi «O‘zbekiston 24» telekanali.

Ushbu ma’lumot 1 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etilayotgan Xasti Imom majmuasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, mahalla faollari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvida yangradi.

Hukumat ushbu fuqarolarning ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish bo‘yicha aniq choralarni amalga oshirmoqda. 9500 kishi ish bilan ta’minlandi. 10 mingdan ziyod bolalar fan, san’at, sport, turli kasblarga tayyorlash bo‘yicha to‘garaklarga jalb etildi.