O‘zbekistonga Human Rights Watch xalqaro nohukumat tashkilotining delegatsiyasi tashrif buyurdi, deb xabar qildi mamlakat TIV matbuot xizmati.

Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Oliy Majlisi, Oliy sud, Bosh prokuratura, tashqi ishlar, ichki ishlar, adliya, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, boshqa davlat va nodavlat tuzilmalarda uchrashuvlar o‘tkazish va mamlakatimiz hududlarida bo‘lish rejalashtirilgan.