Iqtisodiyot ko‘tarilishining davom etishi va davlatning yuqori darajadagi ko‘magining saqlab qolinishi O‘zbekiston bank sektoriga milliy valyutaning tezlashtirilgan devalvatsiyasi bilan bilan bog‘liq qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam berishi mumkin, deyiladi Moody’s xalqaro reyting agentligining yangi hisobotida.

«Ichki investitsiya va davlat xarajatlarining yuqori darajasi, shuningdek oylik, pensiya va xorijdan yuborilayotgan pul mablag‘larining o‘sishi sharofati bilan iste’mol ko‘rsatkichlarining ko‘tarilishi o‘zbek banklari holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda va bir qancha darajada milliy valyuta qiyinchiliklari kompensatsiya qilmoqda», — deya qayd etdi Moody’s kichik vitse-prezidenti Petr Paklin.

O‘zbek banklari kredit portfellari sifati yaqin 12−18 oy davomida yaxshilanadi, bunda muammoli kreditlar ulushi bosqichma-bosqich qisqarib borib, taqdim etilgan kreditlarning jami hajmi bo‘yicha 2016 yil so‘ngidagi 2,7 foizlik holatdan 2−2,5 foizlik darajaga tushadi.

O‘zbek banklarining kapital va daromadlar darajasi kredit yo‘qotishlarini qoplash uchun yetarli, deb hisoblaydi agentlik.