O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktyabrda Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning Mustaqillik kuni munosabati bilan mamlakat Prezidentiga yo‘llagan tabrigida so‘z boradi.

«Ishonamanki, Sizning joriy yil oktyabrdagi Turkiyaga tashrifingiz ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holatini yangi darajaga ko‘taradi», — deyiladi tabrik matnida.

«2017 yilda — davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lgan yilda — o‘zaro aloqalarimiz sezilarli jonlandi. O‘tgan yilning noyabrida Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvimiz bu ma’noda burilish nuqtasi bo‘lib, oliy darajadagi muloqotlar sharofati bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi muntazamlik kasb etgan ikki tomonlama munosabatlar ko‘plab sohalarda jadal rivojlanib bormoqda», — deya qayd etdi Rejep Tayyip Erdo‘g‘on.

«Siz Janobi Oliylari bilan birgarlikda xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlikning tarixiy rishtalariga asoslangan turk-o‘zbek munosabatlarini davom ettirish, bu — bizning tarix oldidagi mas’uliyatimizdir», — deya ta’kidladi u.