O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim payshanba kuni kechqurun «O‘zbekiston» Xalqaro forumlar saroyida o‘tkaziladi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi, deb xabar qildi «O‘zbekiston 24» telekanali.

Avvalgi yillarda Mustaqillik kuni bayrami tantanalari Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘da o‘tkazilar edi.