Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati-2018 Osiyo saralash bosqichi doirasida safar uchrashuvida Xitoy jamoasiga mag‘lubiyatga uchradi. 31 avgust kuni Uxanda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.

Eronga qarshi uchrashuv bilan taqqoslaganda «Oq bo‘rilar» tarkibida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jarohat olgan himoyachi Vitaliy Denisov asosiy tarkibga qaytdi, darvozabon Aleksandr Lobanov o‘rniga birinchi daqiqadan Ignatiy Nesterov maydonga tushdi.

Bosh murabbiy Samvel Babayan shogirdlari ko‘plab qulay vaziyatlarni yaratishdi, biroq darvoza tomonga aniq zarbalar qariyb bo‘lmadi. Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan golkiper Ignatiy Nesterov bir necha bor xavfli vaziyatlarda jamoadoshlarini qutqarib qolib, biroq o‘yinni golsiz yakunlay olmadi.

Uchrashuv yakunlashiga bir necha daqiqalar qolganida himoyachi Anzur Ismoilov jarima maydonchasida qoida buzdi va hakam mezbonlar foydasiga jarima to‘pi belgiladi. 84-daqiqadan Xitoy termasi hujumchisi Gao Lin 11 metrlik zarbani amalga oshirdi.

Parallel uchrashuvda Janubiy Koreya va Eron g‘olibni aniqlay olmadi (0:0), Suriya esa Qatarni mag‘lub etdi (3:1).

Milliy termaning navbatdagi uchrashuvi 5 sentyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Video