Qibray tumanida yashovchi fuqaro Z.Mannapov (1973 y.t.) oilaviy kelishmovchilik oqibatida uch nafar shaxsni qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan, deya xabar qildi Toshkent viloyat prokuraturasi o‘z saytida.

Z.Mannapov shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i X.Ismoilova (1985 y.t.) bilan nizolashib, ayol va uning ikki farzandini (12 va 9 yoshdagi) o‘ldirish maqsadida ularning bosh qismiga temir bolg‘a bilan urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.

Voqea joyidagi uchinchi shaxslar aralashuvi bilan Z.Mannapov o‘z jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmagan. Hozirgi vaqtda jabrlanuvchilar tibbiy muassasaga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z.Manapovga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.