O‘zbekiston terma jamoasining olti nafar a’zosi 25 avgustdan 2 sentyabrgacha Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining yarim finalchilariga aylanishdi. ½ finalga 20 ta davlat vakillari chiqdi.

49 kg: Hasanboy Do‘smatov — Amit Kumar (Hindiston) — 5:0 (29/28, 30/27, 30/27, 30/27, 30/27)

Vel Barker Kubogi sohibi, Olimpiada-2016 va Osiyo birinchiligi chempioni Hasanboy Do‘smatov hindistonlik Amit Kumar ustidan g‘alaba qozondi va musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. Bu bosqichda kolumbiyalik Yuberxen Martines Rivas bilan jangga kirishadi. Bo‘lg‘usi jang Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlari finalini takrorlaydi (video).

64 kg: Iqboljon Xoldorov — Artyom Arutyunyan (Germaniya) — 3:2 (28/27, 28/26, 27/27, 27/28, 27/28)

20 yoshli Osiyo chempioni Iqboljon Xoldorov germaniyalik Artyom Arutyunyanga qarshi ringga ko‘tarildi. Xoldorovning raqibi dastlabki daqiqalardanoq hujumkor jang ko‘rsatdi, biroq ushbu hujumlarni muvaffaqiyatli qaytarib, qarshi hujumga o‘tdi va keskin o‘tgan bellashuvda hakamlar qarori bilan Iqboljon Xoldorov muvaffaqiyat qozondi. (video).

75 kg: Isroil Madrimov — Troy Isli (AQSH) — 2:3 (30/27, 30/27, 28/29, 28/29, 28/29)

Osiyo chempioni va Jahon boks seriyasining (WSB) yengilmas bokschisi Isroil Madrimov 19 yoshli amerikalik Troy Isliga qarshi jang o‘tkazdi. Bellashuv o‘zbekistonlikning yaqqol ustunligi ostida o‘tgan bo‘lsa ham g‘oliblik raqibining nomiga yozildi (video).

91 kg: Sanjar Tursunov — Roy Korving (Niderlandiya) — 4:1 (30/27, 30/27, 30/27, 30/27, 27/30)

O‘zbekistonning boks bo‘yicha eng yosh a’zosi, Osiyo chempioni Sanjar Tursunov gollandiyalik Roy Korving bilan bellashdi. O‘zbekistonlik raqibiga qaraganda chaqqonroq va aniqroq zarbalar berib, o‘z raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (video).

52 kg: Jasurbek Latipov — Seyber Avila Segura (Kolumbiya) — 4:1 (28:29 30:27 29:28 29:28 29:28)

Ikki karra jahon chempioni, Osiyo chempioni Jasurbek Latipov kolumbiyalik Seyber Avila bilan jang o‘tkazdi. Kolumbiyalik bokschi munosib qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan, g‘oliblik Jasurbek Latipovga nasib etdi (video).

60 kg: Elnur Abduraimov — Otar Yeranosyan (Gruziya) — 0:5 (28/29, 28/29, 27/30, 27/30, 28/29)

JCH bronza medali sohibi, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov musobaqa chorak finalida Gruziyaning 2016 yilgi eng yaxshi bokschisi Otar Yeranosyanga qarshi ringga ko‘tarildi. Gruziyalik bokschi barcha raundlarda g‘olib deb topildi (video).

69 kg: Shahram G‘iyosov — Pet Makkormak (Buyuk Britaniya) — 5:0 (30/27, 29/28 29/28, 29/28, 30/27)

Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi, Osiyo chempioni Shahram G‘iyosov Pet Makkormakka qarshi jang olib bordi. Ingliz bokschisi qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilganiga qaramasdan, yarim finalga chiqish Shahram G‘iyosovga nasib etdi. U qozog‘istonlik Abilayxan Jusupov bilan bellashadi. (video).

81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Yerik Aljanov (Qozog‘iston) — 3:2 (29/28, 28/29, 29/28, 29/28, 27/30)

Olimpiada-2016 va JCH-2015 kumush medali sohibi, Osiyo chempioni Bektemir Meliqo‘ziyev Yerik Aljanov ustidan yana bir bor g‘olib chiqdi. Ular Toshkentdagi Osiyo birinchiligida ham uchrashgan edi (video).

+91 kg: Bahodir Jalolov — Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) — 2:3 (28/29, 28/29, 29/28, 29/28, 28/29)

Osiyo chempioni Bahodir Jalolov bilan qozog‘istonlik Kamshibekom Konkabayev o‘rtasidagi jang yaqin va deyarli teng kurashlar ostida kechdi. Biroq ko‘pchilik hakamlar g‘oliblikni qozog‘istonlik bokschi nomiga yozdi (video).

Birinchi yarim final janglari jadvali (31 avgust):

49 kg: Hasanboy Do‘smatov — Yuberxen Martines Rivas (Kolumbiya);

64 kg: Iqboljon Xoldorov — Freydis Roxas (AQSH);

91 kg: Sanjar Tursunov — Yevgeniy Tishenko (Rossiya).

Ikkinchi yarim final janglari jadvali (1 sentyabr):

52 kg: Jasurbek Latipov — Inkyu Kim (Janubiy Koreya);

69 kg: Shahram G‘iyosov — Abilayxan Jusupov (Qozog‘iston);

81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Jozef Uord (Irlandiya).