O‘zbekiston Mustaqilligining 26 yilligi arafasida Toshkent shahrida bir qator yangi yo‘nalishli taksi (marshrutka) yo‘nalishlari tashkil etilib, ayrim yo‘nalishlar harakatiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlar Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga yo‘lovchi transporti xizmatlarini ko‘rsatishda yanada qulaylik yaratish, yo‘lovchilarning transportga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish, shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini qanoatlantirish maqsadida amalga oshirildi.

Poytaxt hokimligi yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti tomonidan quyidagi yangi yo‘nalishlar ochildi:

  • 10 m — Qo‘yliq bozori-Farhod bozori (Qo‘yliq bozori, Farg‘ona yo‘li, Munis ko‘chalari, Qo‘yliq 5-, 6-, 7-, Qumariq, O‘zgarish mavzelari, Janubiy vokzal, Cho‘pon ota ko‘chasi, Birodarlik monumenti, Bunyodkor stadioni, M.Ulug‘bek metrosi, G‘.G‘ulom istirohat bog‘i, Chilonzor 6-, 8-, 9-mavzelari, Lutfiy ko‘chasi, Farhod bozori);
  • 32 m — Aviasozlar bozori-Chilonzor buyum bozori (Aviasozlar bozori, Beshariq, Izzat, Uysozlar, Farg‘ona yo‘li, Yangi Qo‘yliq ko‘chalari, Qo‘yliq 5-, 6-, 7-, Qumariq, O‘zgarish mavzelari, Do‘mbirabod mavzesi, Olmazor metrosi, Chilonzor buyum bozori);
  • 33 m — Do‘stlik 2-mavzesi-Erkin qo‘rg‘oni (Do‘stlik 2-mavzesi, Qo‘rg‘ontepa, Qipchoq, Yangi Sergeli yo‘li ko‘chalari, Yarmarka bozori, Sergeli hokimiyati, Avtomobil bozori, Sergeli 5-, 6-, 7-mavzelari, THAY, Choshtepa ko‘chasi, Erkin qo‘rg‘oni);
  • 34 m — Chuqursoy t.y. stansiyasi-Chorsu savdo markazi (Chuqursoy temir yo‘l stansiyasi, Tosho‘yinchoqlar fabrikasi, Chuqursoy korxonasi, Qoraqamish ½-mavzesi, ATP-1, Qorasaroy ko‘chasi, 2-tug‘ruqxona, Nurafshon ko‘chasi, Sag‘bon ko‘chasi, Eski Jo‘va bozori, Chorsu bozori, Chorsu mehmonxonasi, Chorsu savdo markazi);
  • 35 m — Aviasozlar bozori-Yunusobod 9-dahasi (Aviasozlar bozori, Aviasozlar saroyi, Lisunov kinoteatri, Mexanika zavodi, Qorasuv 6-mavzesi, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, Akademiklar shaharchasi, Elektrokabel zavodi, 8-avtobus saroyi, 5-bolalar shifoxonasi, Megaplanet gipermarketi, Yunusobod Universam bozori, Yunusobod 8-, 9-dahalari)
  • 48m — Yunusobod 17-dahasi-Izza mavzesi (Yunusobod 17-dahasi, Sayram bozori, Xo‘rozcha do‘koni, Yunusobod 12-dahasi, Megaplanet gipermarketi, Yunusobod Universam bozori, A.Donish ko‘chasi, Kichik halqa yo‘li, Nazarbek ko‘prigi, Karvon bozori, Izza mavzesi);
  • 50 m — Yuqori Beshqo‘rg‘on mahallasi-Istiqlol ko‘chasi (Yuqori Beshqo‘rg‘on mahallasi, Qoraqamish 2/4-mavzesi, Tansiqboyev bozori, Farg‘ona kafesi, GSKB, Olmazor DSI, Qorasaroy ko‘chasi, 2-tug‘ruqxona, Nurafshon ko‘chasi, Taxtapul, Malika fabrikasi, Labzak mavzesi, Anxor Lokomativ, Osiyo Grand mehmonxonasi, Jasorat monumenti, Qashqar mavzesi, Oloy bozori, Istiqlol ko‘chasi);
  • 126 m — Bardanko‘l qo‘rg‘oni-Istiqlol ko‘chasi (Bardanko‘l qo‘rg‘oni, Majnuntol mahallasi, Suvsoz mavzesi, Baxt ko‘li, Roxat, Yangiobod dehqon bozori, Tuzel mavzesi, Lisunov kinoteatri, Aviasozlar saroyi, Yashnobod TIIB, Do‘stlik metrosi, Mashinasozlar metrosi, 1-Tibbiyot akademiyasi, Ekopark, O‘zbekiston ovozi ko‘chasi, Dunyo supermarketi, Oloy bozori, Istiqlol ko‘chasi).

Shuningdek, 9i (Qo‘yliq bozori-Chilonzor buyum bozori), 18 m (2-oilaviy poliklinika-Aviasozlar bozori), 37 m (5-bolalar shifoxonasi-Janubiy vokzal), 52 m (Ibn Sino 2-mavzesi-Paxtakor metrosi), 90M (Huvaydo mahallasi-Yunusobod 15-dahasi), 140M (Chorsu savdo markazi-Toshkent pediatriya instituti), 165M (Guliston mahallasi-Chorsu savdo markazi) yo‘nalishlariga o‘zgartishlar kiritildi.

.