O‘zbekiston Fuqaro muhofazasi instituti 2017−2018 o‘quv yiliga magistratura uchun qabul boshlangani to‘g‘risida e’lon qildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xiztmati xabar berdi.

«Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi» yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bo‘limi O‘zbekiston Prezidentining 2 iyuldagi aholi va hududlardi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq tashkil etildi.

Mahkama matbuot xizmatidan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, imtihonlar yakunlar bo‘yicha 25 kishi tanlab olinadi. Saralashda FVV ofitserlari, tibbiy xodimlar va hayot xavfsizligi asoslarini o‘rgangan bakalavriat ta’limini olgan barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Hujjatdan 1−10 sentyabr kunlari qabul qilinadi, o‘quv mashg‘ulotlari oktyabrdan boshlanadi.