O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov shanba kuni Toshkent ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibining bayram kunlarida faoliyat olib borishga tayyorgarligini tekshiruvdan o‘tkazdi.

Rahmonbek Usmonov, Bahodir Qurbanov va Abdusalom Azizov.

Tadbirda IIBB boshlig‘i Bahodir Qurbonov, Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov, IIBB shaxsiy tarkibi asosiy xizmatlar xodimlari, jumladan YHXB inspektorlari, profilaktika inspektorlari, maxsus otryad, qo‘riqlash boshqarmasi vakillari, kinologlar va boshqalar ishtirok etdi.

IIBB boshlig‘i vazirga shaxsiy tarkib yuklatilgan barcha vazifalarni ado etishga tayyor ekani haqida ma’lum qildi.

Abdusalom Azizov.

Abdusalom Azizov IIBB shaxsiy tarkibining tayyorgarlik darajasiga baho berdi. U xodimlardan hushyorlikni yo‘qotmaslik, 1 sentyabrda nishonlanadigan Mustaqillik va Qurbon hayiti bayramlari davomida va o‘quv yili boshlanishida aholi xavfsizligini ta’minlash uchun bor kuch-imkoniyatlarni safarbar etishni talab qildi.

Shundan so‘ng vazir IIBBning namunali xodimlariga faxriy yorliqlarni taqdim etdi.

Abdusalom Azizov bo‘lg‘usi bayramlar munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti tabrigini yetkazdi va xodimlarga xizmatdagi fidoyiliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir yakunida Toshkent IIBB shaxsiy tarkibining tantanali yurishi bo‘lib o‘tdi.

Video