Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha Mirzo Ulugbek Innovation Center Innovatsion markazi 25 avgustdan rezident bo‘lishni istaganlardan arizalarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar qildi.

Arizalar rasmiy sayt, shuningdek shaxsiy tashrif yoki pochta orqali qabul qilinmoqda. Rezidentlarga qo‘yilgan talablar, huquq va majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar saytda e’lon qilingan.

Mirzo Ulugbek Innovation Center direksiyasi O‘zbekiston IT-kompaniyalarini loyihada ishtirok etishga taklif etmoqda. «Biz hamkorlik uchun ochiqmiz», — deyiladi markaz xabarida.

Eslatib o‘tamiz, innovatsion markaz rezidentlari 2028 yil 1 yanvarga qadar soliq va majburiy to‘lovlardan ozod qilingan. Rezident ishchilar uchun daromadlar jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan qayd qilingan stavka bo‘yicha 7,5 foiz soliq undirilishi, Pensiya jamg‘armasiga 4,5 foiz stavka bo‘yicha sug‘urta badallari to‘lashlari ko‘zda tutilgan.