25 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Isroilning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapirani qabul qildi.

Elchi vazirga o‘z ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlari holati va uni yanada rivojlantirish, xususan savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarda ba’zi mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.