O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Krasnodar o‘lkasidagi yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘lladi.

«Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarimni yetkazishingizni so‘rayman, jarohatlanganlarga esa tez fursatda sog‘ayishlarini tilayman», — deyiladi davlatimiz rahbari maktubida.

RIA Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, 25 avgust kuni Volna posyolkasi hududida vaxta ishchilarini olib ketayotgan avtobus dengizga qulab tushgan. 16 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 24 yo‘lovchi qutqarib qolindi, ularning 8 nafari shifoxonaga yotqizilgan.