O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati juma kungi 11-yalpi majlisida To‘ytepa shahrining nomini Nurafshonga o‘zgartirishni tasdiqladi, deb xabar berdi O‘zA.

Bir kun avval parlamentning yuqori palatasi To‘ytepa chegaralariga kiritilgan o‘zgartishlar, shuningdek, uni viloyat boshqaruvidagi shahar toifasiga kiritish hamda shaharni Toshkent viloyati ma’muriy markazi etib belgilashni tasdiqlagan edi. Bungacha Toshkent viloyati ma’muriy markazga ega emas edi. Yil avvalida poytaxt viloyati hokimiyati Toshkentdan To‘ytepaga ko‘chirildi.

Hozirda hasharni to‘liq qayta qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha janubiy koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Rejaga ko‘ra Nurafshon O‘zbekistondagi birinchi «aqlli» shaharga aylanadi.