25 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Latviyaning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Mixails Popovsni qabul qildi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, elchi vazirga o‘z ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Latviya kun tartibining dolzarb masalalari, aloqalarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda rivojlantirish hamda «O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi» shaklida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda alohida e’tibor bo‘lajak ikki tomonlama qo‘shma tadbirlarga qaratildi.