Toshkent IIBB shaharda yoshi katta va keksa fuqarolarga nisbatan sodir etilayotgan o‘g‘rilik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar soni ko‘paygani haqida ogohlantirdi.

IIBB saytidagi xabarda aytilishicha, begona shaxslar yoshi katta va keksa fuqarolarni aldash va ishonchini suiiste’mol qilish orqali, turli bahonalar (suv ichib olish, yirik kupyuradagi pullarni maydasiga almashtirish, hojatini chiqarish yoki telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish vahokazo) bilan ularning xonadoniga kirib olishmoqda. Insonlarning ishonuvchanligidan foydalanib, xonadonlardan qimmatbaho buyum va pullarni o‘g‘irlashmoqda.

IIBB poytaxt va Toshkent viloyati fuqarolarini yuqoridagi bahonalar bilan murojaat qilgan shaxslar bilan aloqa qilmaslik, xonadonlarga kiritmaslik, shoshib qolmaslik va ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Voqea joyi yaqinida joylashgan videokuzatuv kamerasiga tushgan quyidagi shaxslar ushbu jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda:


Fuqarolardan gumondorlarning shaxsini aniqlashda yordam ko‘rsatish so‘ralmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarni ko‘rgan yoki ular to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar yashash joyidagi ichki ishlar organlariga yoki Toshkent shahar IIBB ning quyidagi telefon raqamlariga xabar berishlari lozim: 102; 233−49−46; 232−05−62; 230−05−30; 256−72−13.