23 avgust kuni soat 20:25larda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor navbatchisiga Andijon shahar «Elektrtarmoqlari» korxonasi xodimi qo‘ng‘iroq qilib, hamkasbi Andijon shahar ko‘p qavatli uyning tom qismida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida elektr tokidan zarar ko‘rib xushsiz yotgani to‘g‘risida xabar beradi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, navbatchilikdagi qutqaruvchilar zudlik bilan Boburshoh ko‘chasidagi voqea joyiga yetib bordi. Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatilib, hushiga keltirildi. Jabrlangan fuqaro uyning tom qismidan olib tushildi va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi.