21 avgust kuni Toshkentning Uchtepa tumanidagi «Nazarbek» blokpostida ichki ishlar organlari xodimlari Xojiakbar Rixsiyev boshqarib ketayotgan ot aravani to‘xtatishdi.

IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, aravada sotish uchun mo‘ljallangan 5,6 kg marixuana borligi aniqlandi va olib qo‘yildi.

Uchtepa tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 25 va 273-moddalarida (katta miqdordagi narkotik moddalarni noqonuniy sotishga urinish) ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.