Ulug‘bek Rozuqulov «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi bosh direktori lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi «Gazeta.uz"ning kompaniya va hukumatdagi axborot manbalari.

Valeriy Tyan 2002 yilda Milliy aviakompaniyaga rahbar etib tayinlangan edi. Unga qadar — 1998−2002 yillarda Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha davlat instpeksiyasini boshqargan.

Ulug‘bek Rozuqulov Prezidentning 23 avgustdagi farmoni bilan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod qilingan edi.