O‘zbekistonda Qurbon hayiti 1 sentyabrda nishonlanadi. Prezident SHAvkat Mirziyoyev 24 avgust kuni shu haqdagi qarorni imzoladi.

«O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 1 sentyabr juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2017 yil 1 sentyabr mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin», — deyiladi hujjatda.

Respublika «Nuroniy», «Mahalla» jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

1 sentyabrda O‘zbekistonda Mustaqillik kuni ham keng nishonlanadi.