«Maxsustrans» korxonasi 1 sentyabrdan Toshkent aholisi va tashkilotlari uchun qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari 9,3 foizga oshirilishini ma’lum qildi.

Aholidan qattiy maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish tarifi har bir kishi uchun bir oyga 3200 so‘mdan 3500 so‘mga oshirildi.

Byudjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 1 kub metr qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish 41989,5 so‘m (hozirda — 38390), 1 tonna suyuq chiqindi uchun esa 15690,97 so‘m (14346) etib belgilandi.

So‘nggi bor chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari 2016 yil noyabrida oshirilgan edi.