Samarqand shahri va Samarqand viloyatining qator tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. 21 avgust kuni Xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishida shu haqdagi qaror qabul qilindi.

Viloyat ma’muriyatidan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, Bulung‘ur tumanining sobiq hokimi Furqat Rahimov Vohid Rahimov o‘rniga Samarqand hokimi bo‘ldi.

Bulung‘ur tumaniga esa Samarqand IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan Bahodir Bahromov tayinlandi.

Samarqand tuman hokimi lavozimidan bo‘shatilgan Botir Qodirov o‘rniga bunga qadar Davlat soliq qo‘mitasi qoshidagi Respublika axborot-konsultatsiya markazi hududiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Shuhrat Jamolov tayinlandi.

Toyloq tumaniga esa Po‘lat Ahmedov o‘rniga bunga qadar Qattaqo‘rg‘on, avvalroq esa (2003−2013 yillarda) — Samarqand tuman hokimi bo‘lgan Bahodir Sadullayev tayinlandi.

«O‘zpaxtayog‘» tarkibiga kiruvchi «MT-Invest Impeks» kompaniyasini boshqargan Muzaffar Xoshimov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi.