21−23 avgust kunlari tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Hindistonga boradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturidan Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj hamda Hindistonning boshqa rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi va boshqa qo‘shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.