Rossiyaning Utair aviakompaniyasining 55 nafar yo‘lovchisi 17 avgust kuni samolyot almashgani sababli «Toshkent-Moskva» reysi orqali ucha olmay qoldi. Vaziyatning juma va shanba kunlari haq takrorlanishi kutilmoqda, deb xabar qildi «O‘zbekiston havo yo‘llari» vakili.\

UTair aviakompaniyasining 806-reys jadvali bo‘yicha 249 o‘ringa ega Boeing 767 samolyoti parvozni amalga oshirishi lozim edi. Biroq 186 o‘ringa ega Boeing 737 uchib keldi va 55 yo‘lovchi aeroportda qolib ketdi. 15 yo‘lovchiga mehmonxona taqdim etilgan bo‘lsa, qolganlarga oz miqdordagi moddiy tovon to‘lab berildi.

Moskvaga uchib keta olmagan yo‘lovchilardan biri Azamat Shokirovning «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, tovon puli 50 ming so‘mni tashkil etgan. «Avvaliga bizga 50 ming so‘mdan taklif qilindi, shundan keyin ko‘pchilik pulni oldi va ketdi, qolganlarga mehmonxona taklif etildi», — dedi u.

Juma kuni ham vaziyatning takrorlanishi kutilmoqda. Utair O‘zbekiston aviatsion hukumatidan qolgan yo‘lovchilarni olib ketish uchun 20 avgustga qo‘shimcha reys tashkil etish uchun ruxsat so‘ragan. Samolyotlarni almashtirish sabablariga oydinlik kiritilmagan.

Utair izohi

Utair aviakompaniyasi hendlik provayderi shatakka olish vaqtida Boeing 767 samolyoti shikastlanishi oqibatlarini kamaytirish uchun tezkor choralarni ko‘rdi.

Moskvadan Toshkent va Dushanbega reyslarni amalga oshiruvchi havo kemalari o‘rniga kichikroq sig‘imga ega Boeing 737 zaxira samolyotlaridan foydalanildi. Shu munosabat bilan mazkur reyslarning bir qism yo‘lovchilariga kechroq sanalarda parvoz qilish taklif etilmoqda.

Parvozni kutish vaqtida yo‘lovchilarga Havo kodeksida ko‘zda tutilgan tartibda mehmonxonada yashash va issiq ovqat hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Vaziyatni hal etishni tezlashtirish uchun aviakompaniya qo‘shimcha reyslarni tashkil etmoqda va katta sig‘imli samolyotlarni foydalanishga topshirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.