Xayrulla Nuriddinov Milliy teleradiokompaniyaning (MTRK) «O‘zbekiston» teleradiokanali direktori etib tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» kanali sayti xabar qildi.

Xayrulla Nuriddinov (1974 yilda tug‘ilgan) joriy yilning fevralidan buyon MTRK raisining birinchi o‘rinbosari, avvalroq — 2006 yildan — «Yoshlar» telekanali direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. U «O‘zbekiston» teleradiokanaliga Nodir To‘laganovning o‘rniga tayinlandi.

Bahodir Yunusov esa MTRK raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.