Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan jahon chempionati-2018 Osiyo saralash bosqichi doirasida Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘ynaydigan 27 nafar o‘yinchi ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar berdi Futbol federatsiyasi.

Tarkib

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov («Paxtakor»), Ignatiy Nesterov («Lokomotiv» Toshkent), Nikita Ribkin («Qo‘qon-1912»);

Himoyachilar: Farruh Sayfiyev («Nasaf»), Vladimir Kozak («Paxtakor»), Vitaliy Denisov («Lokomotiv» Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov («Chanchun Yatay», Xitoy), Sherzod A’zamov («Paxtakor»), Yegor Krimets («Beyszin Goan», Xitoy), Akmal Shorahmedov («Nasaf»), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv» Toshkent), Davron Xoshimov («Paxtakor»);

Yarimhimoyachilar: Server Jeparov («Esteglyal» Tehron, Eron), Jaloliddin Masharipov («Lokomotiv» Toshkent), Sardor Mirzayev («Lokomotiv» Toshkent), Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya), Aziz G‘aniyev («Nasaf»), Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy), Fozil Musayev («Jubilo Ivata», Yaponiya), Aziz Haydarov («Ajman», BAA), Otabek Shukurov («Bunyodkor»), Jamshid Iskandarov («Paxtakor»), Sardor Rashidov («Al-Jazira», BAA), Marat Bikmayev («Lokomotiv» Toshkent).

Hujumchilar: Temurxo‘ja Abduholikov («Al-Sayliya», Qatar), Igor Sergeyev («Paxtakor»), Aleksandr Geynrix («Ordabasi», Qozog‘iston).

O‘zbekiston 20 avgustdan Toshkentda yig‘in boshlaydi. 25 avgust kuni esa Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2018 saralash bosqichida qolgan ikki uchrashuvda O‘zbekiston 31 avgust kuni safarda Xitoy bilan, 5 sentyabrda esa uy uchrashuvida Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi.