O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyurdi, deb xabar qildi O‘zA.

Tashrif O‘zbekiston metallurgiya kombinati — mamlakatdagi eng yirik ishlab chiqarish ob’ektlaridan biriga borishdan boshlandi. Prezident kombinatda ishga tushirish rejalashtirilgan yangi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Korxonaga 1944 yilda asos solingan. Bu yerda temir-tersak va qora metallar chiqindilari qayta ishlanadi, tayyor prokat mahsulotlar, emallangan idishlar va boshqa xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqariladi.

Shundan so‘ng davlat rahbari «Paxtakor» mahallasi aholisi bilan uchrashib, «Metallurg-madad» xususiy mulkdorlar shirkati faoliyati bilan tanishdi.