O‘zbekiston Prezidentining 16 avgustdagi qarori bilan Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Saxib Saifnazarov O‘zbekiston tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Saxib Saifnazarov (1973 yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 1996 yildan 1998 yilgacha «O‘zbekqishloqxo‘jalikmash» korxonasida iqtisodchi bo‘lib ishlagan. 1999—2001 yillarda Toshkent viloyat hokimiyati axborot-tahlil guruhida yetakchi mutaxassis bo‘lgan.

2001—2003 yillarda O‘zbekiston Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi sho‘’ba korxonasini boshqargan. 2004—2009 yillarda Iqtisodiyot vazirligida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

2012—2017 yillarda «Angren» erkin iqtisodiy zonasida davlat unitar korxonasi direktori bo‘lgan.