Samsung kompaniyasi 2016 yilning iyul oyida Artel ishlab chiqarish bazalarida Samsung brendi ostidagi sovutgichlarni ishlab chiqarishni keng ko‘lamda yo‘lga qo‘ygan edi.

Ushbu keng ko‘lamli loyiha Artel kompaniyasining tajribali mutaxassislari hamda Samsung Electronics ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

O‘zbekistonda Samsung sovutgichlarini ishlab chiqarishda Artel zavodlarining tanlanishi bejiz emas. Artel zavodlarida zamonaviy asbob-uskunalar va tajribaviy iqlim laboratoriyalarining mavjudligi Samsung kabi jahon gigantining yuqori norma va standartlariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga yaxshi asos bo‘ladi. Ta’kidlab o‘tish lozimki, Artel mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida sifatni qattiq nazorat qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu jarayon hatto eng kichik kamchiliklarni ham topa olishga qodir. Bu esa, o‘z o‘rnida, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifatini ta’minlaydi.

Hozirgi paytda Samsung sovutgichlarining hajmi 290 va 320 litr bo‘lgan 4 ta modelini ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Bu modellar iste’molchilar xohish va talablaridan kelib chiqilgan holda konfiguratsiyasi va muzlatish kamerasining joylashuvi bilan farqlanadi. Barcha sovutgichlar qator foydali ishlanmalarga ega bo‘lib, A+ energosamaradorlikning yuqori sinfiga mansub. Samsung sovutgichlarida qo‘llanilayotgan so‘nggi texnologik ishlanmalar orasida Multi Air Flow ko‘p oqimli sovutish tizimiga to‘xtalib o‘tish lozim.

Samsung sovutgichlarida Multi Air Flow zamonaviy ko‘p oqimli tizimidan foydalaniladi, u sovuq havoni barcha bo‘limlar o‘rtasida tez hamda bir me’yorda taqsimlash imkonini beradi. Shu tufayli sovutgichdagi har bir mahsulot kerakli namlik va sovuqlik miqdori bilan ta’minlanadi. Bu esa mahsulotlarning yangi holda va uzoq vaqt saqlanishini kafolatlaydi. Samsung muzlatgichlari elektr tarmoqdagi o‘zgarishlarga bardoshli bo‘lib, bosim 187 volt bo‘lganda ham ishlashi mumkin.

Yaqin o‘tmishda har bir uy bekasi albatta har oy sovutgichni eritishi lozim edi. Bu og‘ir va mashaqqatli jarayon bo‘lib, u uy bekalarining dam olish kunining qariyb yarmini band qilar edi. Endilikda barchasi No Frost tizimining paydo bo‘lishi bilan o‘zgardi, u tufayli muzlatish kamerasi devorlarida muzli «po‘stinlar» paydo bo‘lmaydi, sovutgich qismida esa havo aylanishi mos haroratga keltiriladi va bunda mahsulotlar yangi hamda vitaminlarga boy holda saqlaniladi.

Sovutish bo‘limining hajmi 250 litrga teng bo‘lib, bunday hajm ayniqsa katta oilalarning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladi. Bundan tashqari, toblangan shishadan tayyorlangan Easy Slide sirg‘aluvchi polka mashaqqatingizni oson qiladi. U sovutgich ichkarirog‘idagi mahsulotlarni osonlik bilan chiqarib olish imkonini yaratadi.

Muzlatish kamerasiga kelsak, Samsung RB29FERNDSA_WW va Samsung RB29FSRNDSA_WW modellaridagi 98 litrlik hajm ancha katta miqdordagi go‘sht mahsulotlarini, shuningdek, sabzavotlar va mevalarni saqlash uchun imkoniyat beradi.

Samsung muzlatgichlari invertorli kompressorlar bilan jihozlangan bo‘lib, u tejamkorligi, ishonchliligi, uzoq muddat ishlashi, shuningdek, oddiy motorlar bilan solishtirganda shovqin darajasining pastligi bilan ajralib turadi. Invertorli kompressor o‘z samaradorligi tufayli kam quvvat iste’mol qiladi va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tejashingizga yordam beradi.

Tez orada O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi Samsung muzlatgichlarining model qatori hajmi 302 va 310 litr bo‘lgan yana ikkita — RT-29 hamda RB-31 modeli bilan to‘ldirilishi rejalashtirilmoqda.

Artel zavodlarida ishlab chiqarilayotgan Samsung sovutgichlari xaridorlar talab va istaklaridan kelib chiqqan holda taqdim etilmoqda. Shubhasiz, bunday hamkorlik aholining hayot darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zero bugun dunyoga mashhur Samsung brendi ostida ishlab chiqarilayotgan sifatli va texnologik jihozlangan mahsulotlarni xarid qilish uchun mamlakatimiz aholisiga barcha qulayliklar yaratilgan.

Reklama huquqi asosida. Maxsulotlar sertifikatlangan.