O‘zbekiston Markaziy banki avvalroq muomalaga chiqarilgan 50 ming so‘mlik banknotalar bo‘yicha izoh berdi.

MBning ma’lum qilishicha, 50 ming so‘mlik banknota mamlakatda so‘nggi yillarda o‘rtacha ish haqi miqdorining oshib borishi hamda aholiga ish haqi, pensiya va nafaqalarni to‘lashda, shuningdek naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida muomalaga kiritilmoqda.

Yirik banknotaning muomalaga kiritilishi naqd puldagi hisob-kitoblarni ixchamlashtirish, naqd pulni tashish, yetkazish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar va noqulayliklarni kamaytirish, bankomatlar orqali aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga olib keladi, deyiladi izohda.