Seshanba kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov fotosuratlari va portretlari ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada Karimov hayoti va faoliyati aks ettirilgan 39 ta foto ish taqdim etilgan. Tashrif buyuruvchilar rasmiy yilnomalar, OAV sahifalari va respublika fotosuratchilarining ishlarini tomosha qilishlari mumkin.

Ko‘rgazma 25 avgustga qadar davom etadi.

Foto