19−20 avgustda O‘zbekistonda umumxalq hashari tashkil qilinadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi 15 avgustda buyruq berdi.

Hujjatga muvofiq avgust oyi obodonlashtirish va tozalik oyi deb e’lon qilindi.

O‘zbekistonda umumxalq hasharlari har yili Navro‘z bayrami (21 martda nishonlanadi) va Mustaqillik kuni (1 sentyabrda) arafasida o‘tkaziladi.