15 avgust kuni 00:25 da ZIL yuk mashinasi bakidan MAN avtomobili rezervuariga suyultirilgan propan quyib o‘tkazish vaqtida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Hodisa Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida «Qarshi-Beshkent» avtomobil yo‘lidan 6−7 kilometr masofada «Janubgaz» kompaniyasiga tegishli ochiq garaj hududida sodir bo‘ldi.

Yuk mashinasi haydovchisi yordamchisi kuyish jarohatini olib, Qarshidagi shoshilinch yordam markaziga olib kelindi.