12 avgust kuni Chorvoq suv ombori (Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani) hududida yangi issiqlik aerostati sinov rejimida havoga ko‘tarildi.

«Gazeta.uz» muxbiri havo sharining muvaffaqiyatli parvoziga guvoh bo‘ldi. Biroq kuchli shamol tufayli u havoda uzoq muddat qola olmadi. Aeronavtika federatsiyasi raisi Tohir Soliyevning ta’kidlashicha, bu parvozdan oldingi tayyorgarlik bo‘lib, uni ishga tushirish va nazorat texnologiyasini o‘zlashtirishga qaratilgan.

«Hammasi me’yorida kechdi, barcha xavfsizlik qoidalari va texnikalariga rioya qilindi. Bu sinov parvozi edi, biroq barcha ishlar boshlab yuborilgan. Bu yangi davr ramziga aylanadi», — dedi u.

ICTEXPO 2017 ko‘rgazmasidan keyin parvoz uskunasi nafaqat tijoriy maqsadlarda, balki O‘zbekistonda havoda suzishni rivojlantirish uchun ham qo‘llaniladi.

Havo shari besh qavatli uy balandligida bo‘lib, savatiga to‘rt nafar yo‘lovchi va uchuvchi sig‘adi. Yonilg‘i majmuasi tarkibidan kun davomida parvoz qilish uchun yetarli 4 ta gaz ballonidan (har biri 80 l propan sig‘imiga ega) iborat.

Birinchi rasmiy parvoz 23 avgust kuni poytaxtning Uchtepa tumanida bo‘lib o‘tadi. Havo shari 19 sentyabrda ICTEXPO 2017 ko‘rgazmasi ochilishi kuni «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma majmuasi paviloni uzra havoga ko‘tariladi.

Qayd etish joizki, an’anaviy ICTEXPO Axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi ishtirokchilari 5-raqamli yangi chodir pavilonida 10−40 km m. maydonga ega qo‘shimcha stendlarga onlayn buyurtma berishlari mumkin. Tashkiliy qo‘mitaning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 14 avgustda pavilonda 170 kv. m. bo‘sh maydon qolgan.