O‘zbekiston harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlarida «Qurolsoz usta» tanlovida ikkinchi, «Harbiy razvedka a’lochilari» va «Yo‘l patruli» tanlovlarida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Musobaqalar 29 iyuldan 12 avgustga qadar Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston va Xitoydagi 22 ta poligonda bo‘lib o‘tdi. Avval xabar qilinganidek, ArMIda ishtirok etgan Mudofaa vazirligi vakillari ArMIda muhandislik va kinologlar bellashuvlarida ham sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Shunday qilib, ArMI-2017da O‘zbekiston harbiylari beshta sovrinli o‘ringa sazavor bo‘ldi.

Foto