Botir Zohidov O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Prezidenti 14 avgust kuni shu haqdagi farmonni imzoladi, deb xabar qildi hukumat portali.

Avvalroq Botir Zohidov Markaziy bank valyuta-almashuv operatsiyalari maxsus boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan edi. Avval xabar qilinganidek, 1 avgust kuni Saidkamol Xodjayev Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimini tark etib, «Agrobank» boshlig‘i bo‘lgan edi.