Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

13 avgust kuni soat 10:50 da tezkor harakatlanish maxsus otryadi navbatchilik qismiga yordam so‘rab qo‘ng‘iroq qilingan. Unda besh kishidan iborat sayyohlar guruhi Bo‘stonliq tumanida toqqa ko‘tarilib, adashib qolgani aytiladi.

Qutqaruv otryadi navbatchilik qismi tezkorlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlab yuboradi.

Shu kunning o‘zida 12:45 da jabrlanuvchilar tog‘ning yuqori qismidan topiladi.

Qutqaruvchilar jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatganidan so‘ng ularni aholi punktiga evakuatsiya qildi.