15 avgust kuni O‘zbekiston oliy ta’lim muassislariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinadi, deya xabar qildi «O‘zbekiston 24» telekanali.

Abituriyentlar to‘plagan ballarini seshanba kuni 8:00dan qabul komissiyalaridagi e’lonlar taxtachalari orqali bilib olishlari mumkin.

Uyali aloqa kompaniyalari ham test natijalarini SMS orqali olish imkoniyati haqida ma’lum qildi.

Shuningdek, test natijalarini CLICK to‘lov tizimining Telegram-boti, mobil ilovasi yoki USSD-menyu orqali ham bilish mumkin, xizmat narxi 2000 so‘m.

Davlat test markazi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda OTMlarga kirish uchun 729947 nafar abituriyent (2016 yilda — 663304) hujjat topshirdi. Bir o‘rin uchun 11 nomzod (2016 yilda — 11,5) kurash olib bordi.