«Paxtakor» futbol klubi Avstraliyaning «Pert Glori» jamoasi yarim himoyachi Rostin Griffits bilan shartnoma imzoladi. O‘yinchi bilan shartnoma 2018 yil so‘ngiga qadar tuzildi, u 80-raqam ostida o‘ynaydi, deya xabar qildi jamoa matbuot xizmati.

«Biz har doim eng yaxshi jamoa bo‘lishni xohlaganmiz, shuning uchun tarkibni kuchaytirayapmiz. Rostin Angliya, Gollandiya, Avstraliya va Xitoyda o‘ynagan, u yoshlarimiz bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashadi. Rostinning jamoamiz uchun foydali o‘yinchi bo‘lishiga ishonamiz», — dedi klub bosh direktori Dmitriy Adisman.

«Paxtakor"ga iyundan bosh murabbiylik qilib kelayotgan Shota Arveladze Griffitning kelishi transfer oynasida eng so‘nggisi bo‘lishini ta’kidladi. «Griffits — juda tajribali futbolchi, uning o‘tishi ikkinchi davrada biz uchun eng so‘nggisi bo‘ldi. Biz hujumkor o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz, biroq zamonaviy futbolda himoya haqida ham unutmaslik lozim. Jamoada muvozanat bo‘lishi kerak, faqatgina shunda maqsadga erishish mumkin. Klubda barcha, prezidentdan tortib har bir xodimgacha superklub yaratish ustida ishlamoqda», — dedi u.